14.10.2022

Aqlning iqrori keyin Alloh taoloning hikmati

27-FASL Aqlning iqrori keyin Alloh taoloning hikmati.

   Ajoyib bir holat toʻgʻrisida fikr yuritdim, u Alloh subhonahu taolo ushbu jismni hikmat qonuniga muvofiq mustahkam qilib qurdi.
   Shu qurilma bilan qudratining kamoliga va hikmatining nozik tomoniga dalil keltirdi.
Keyin qaytib u jismlarni buzdi, shunda aqllar uni hikmat bilan mustahkam qilgandan soʻng bu ishning siriga hayron qoldi.
   Shundan keyin uni oxiratda qaytarishini va bu maʼrifat maydonidan oʻtish hamda muomala mavsumida tijoratini qilib olish uchungina yaratilganini maʼlum qildi. Oʻshandan keyin aqllar sukut saqladi.
         Aqllar bundan tashqari shu xildagi bundan ham nozikroq narsani koʻrdi. U hali balogʻatga yetib ulgurmagan yigitchaning halok boʻlishi edi. Bundan ham hayratlanarlisi ota-onasi qoʻlma-qoʻl qilib turgan norasidaning vafot etishi. Uning halokati sababi sirligicha qoladi, Alloh taolo uning olishdan behojatdir. Bundan ham ajoyibi keksayib qolib, uning uchun hayotning qizigʻi qolmagan ozordan boshqa ogʻriqdan oʻzga holati boʻlmagan yashashda davom etishi.
      Shunindek, hikmatdan moʻminning rizqi kam boʻlishi va axmoq kofir moʻl-koʻlchilikda yashashi shular jumlasidandir. Shu mazkur narsalarga oʻxshashning sababini bilishda aql hayron va nima deyishini bilmay lol qoladi. Men barcha takliflarni sinchiklab qaradim, u narsalarning hikmatini bilishga aqlning quvvati yetmadi, holbuki unga foillik hikmati sobit boʻlgan. U barcha talablarni bilish imkoniga ega emasligini bildi va ojizligiga iqror boʻlgan holda boʻysindi hamda u shu bilan undan talab qilingan taklif vazifasini bajardi.
      Agar aqlga aytilsa: Xoliqning nima uchun qurilganlik hikmati senda sobit boʻldi, uning hikmatiga nuqs bor deyishlik malomat qilish durust boʻladimi? Shunday deb javob qaytargan boʻlar edi: Men uning sabablarini bilishdan ojiz qoldim va shunday boʻlsa-da oʻz aybimga iqror boʻlib, boʻysinishga qaror qildim.

✍️ (https://telegra.ph/Azizlik-mol-dunyo-martaba-seni-guno%D2%B3ga-boshlamasin-07-25) Abbosxon Abdullayev - Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi

Izoh qoldirish