04.10.2021

TA'LIM MUASSASIDA AXBOROT SOATI TASHKIL ETILDI

Shiddat bilan rivojlanib, ildamlab  borayotgan zamon nafasini, qolaversa yurtimizda kechayotgan muhim o'zgarishlar va yangiliklarni o'sib kelayotgan yosh avlod vakillariga yetkazish va ularni har jabhada yetuk, sog'lom fikrli qilib tarbiyalash   maqsadida ta’lim muassasalarida axborot soatlari doimiy tashkil etilib kelinmoqda. 
      Bugun Imom Termiziy o’rta maxsus islom muassasasining talabalariga ham  axborot soati o`tkazildi. Ushbu ma’rifiy uchrashuvda  ta’lim muassasi direktori Shukurillo Umarov jahon miqyosida hamda mamlakatimizda  hafta davomidagi  yangiliklar va muhim xabarlar to`g`rsida fikrlar bildirdi.  Xususan,  mamlakatimiz tarixidagi muhim jarayon, ya'ni  o’tkazilishi kutilayotgan saylov jarayoni haqida alohida to`xtalib o`tdi.

Izoh qoldirish