17.04.2024

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi.

Bugun Oʻzbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Termiz davlat universiteti hamkorligida “Globallashuv sharoitida ilmiy va madaniy merosni saqlashning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.

Unda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori v.v.b., tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Muzaffarxon Joniyev, Oʻzbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jamahmatov Karomiddin, Termiz davlat universiteti prorektori A.Shaydullayev hamda professor-oʻqituvchilar, madaniyat markazlari vakillari, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Seminarda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori v.v.b., tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Muzaffarxon Joniyev yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, diniy-ma’rifiy sohadagi o‘zgarishlar hamda bugungi yosh avlodlarning buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar bo’lishi lozimligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jamahmatov Karomiddin Markaz tomonidan olib borilayotgan ilmiy faoliyat natijalari, ilmiy xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan tarjima va nashr ishlari haqida ma’lumot berdi.

 

 

 

 

Izoh qoldirish