04.03.2023

“Shukronalik - ne’matlar kaliti” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi hamda Denov tuman hokimligi hamkorligida tumandagi EKO bog‘da “Shukronalik - ne’matlar kaliti” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
   Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori tarix fanlari böyicha (PhD) falsafa doktori Shukurillo Umarov va Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori örinbosari  Karomiddin Jamahmatov hamda ilmiy xodim Muzaffar Toğaevlar ishtirok etishdi.

Dastlab mehmonlar tumandagi diqqatga sazavor joylarga borib, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdan boshlashdi. 
“Hazrati Sulton Sanjar Moziy”,  “Xoja Alouddin Attor" va "Xoja Hasan Attor"  kabi uluğlarimizning maqbaralariga borib Qur'on tilovat qilindi. Shuningdek  XVI asrda barpo etilgan tarixiy ilm dargohlaridan biri - Sayyid Otaliq madrasasi borib körildi va mehmonlar bilan birgalikda davra suhbati ötkazildi.

Tadbirning asosiy qismi tumandagi EKO bog‘da tashkil etildi. U yerda “So‘fi Allohyor” mahallasi aholi vakillari, yoshlar, hududdagi umumta’lim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari va ularning iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etdi.
   Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori Shukurillo Umarov "Shukr aytish - farovon hayotga etaklaydi" mavzusida ma'ruza qilindi. Jumladan, Qur'oni Karim, Hadisi sharif va mutafakkirlarimiz asarlarida shokir va sobir bandalarning dunyo va oxiratda yuksak maqom topishi haqida qilingan qizğin ma'ruzasi tinglovchilarga katta taassurot qoldirildi. 
Markaz direktori örinbosari Karomiddin Jamahamatov - Chağoniylar ilmiy adabiy muhitida ijodiy faoliyat körsatgan va boy ma'naviy meros boqiy qoldirgan namoyandalar haqida tadbir ishtirokchilarga ma'lumot berib ötildi. 
   Mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, aholi va yoshlarni kayfiyatini ko‘tarish maqsadida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda so‘z olganlar tomonidan insonning ruhiyati, imon-e’tiqodi, tafakkuri, ongi, aqlu zakovati, ilmu farosati, kiyinishi, so‘zlashishi, muomala madaniyati, milliy qadriyati, tarbiyasini mujassamlashtirgan yaxlit tushunchasi  ma’naviyat ekanligi ta’kidlandi.  
   Tadbir oxirida Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi xodimlari tomonidan nashr etilgan kitoblar maktab öquvchilari va Denov Xalq ta'limi ma'muriyitining xodimlariga topshirildi.

 

Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi

Izoh qoldirish