12.04.2023

IMOM TERMIZIY XALQARO ILMIY TADQIQOT MARKAZINING DELEGATSIYASI JAZOIRGA RASMIY TASHRIFI BOSHLANDI

Jazoirdagi Naqshbandiya tasavvufi tarixi va rivojlanishi boʻyicha oʻtkaziladigan xalqaro festival boshlanishi kutilmoqda.
Bugun Jazoir Demokratik Xalq Respublikasiga yigirmaga yaqin davlatlardan  kelgan Olimlar oʻrtasida uchrashuvlar va ilmiy suhbat tashkil etildi. Ushbu suhbat jarayonida  Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori tarix fanlari boʻyicha (PhD) doktori Shukrullo Umarov hamda xalqaro aloqalar va ziyorat-turizmini rivojlantirish ilmiy boʻlimi boshligʻi Saʼdulla Boboxodjayevlar ishtirok etmoqda.

Jazoir islom tadqiqotlari va madaniyat markaz mudiri Axmat Ibn Sagʻir bilan ushbu uchrashuvda  Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi bilan Xalqaro ilmiy aloqalarni yoʻlga qoʻyishga tayyorligi va bu borada ikki tomonlama ilmiy ishlarni rivojlantirishga kelishib olindi.
Shuningdek, 20 ta davlatdan kelgan delegatsiya aʼzolari Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Bahouddin Naqshband yurtidan kelgan Oʻzbekiston delegatsiyasi bilan har tomonlama hamkorlik qilish manfaatli ekanligi hamda kelgusida Oʻzbekistonga kelib ziyorat qilish niyatida ekanligini bildirishdi.

Bizni kuzatishda davom eting, keyingi xabarlarimiz orqali Xalqaro festival kun tartibi va ilmiy safar tafsilotlarini yoritib boramiz.

Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati

Izoh qoldirish