17.04.2023

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi delegatsiyasi aʼzolarining Jazoirga safari muvaffaqiyatli boʻldi.

 

Avval xabar qilinganidek Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Umarov va Xalqaro aloqalar va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi S.Boboxodjayevlar Jazoirda boʻlib oʻtayotgan festivaldagi ishtirokini yakunladilar. Vakillarimiz bugun festivaldagi yakunlovchi maʼruzasini qilib sertifikat bilan taqdirlandilar. Festival oxirida xalqaro hamkorlik aloqalari oʻrnatildi.

Shu bilan birgalikda Sudan, Suriya, Tunis, Misr, Turkiya, Yaman va boshqa davlatlardan kelgan olimlar bilan hamkorlik va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga kelishib olindi. Ayniqsa, ularda saqlanayotgan Movarounnahrlik allomalar merosiga oid qoʻlyozmalar, xususan, Termiziy allomalar merosiga oid qoʻlyozmalarni birgalikda tadqiq etishga kelishildi. Festival nihoyatda mazmun-manfaatga boy boʻldi.

Festival soʼnggida Markaz direktori Sh.Umarov barchaga minnatdorchilik bildirib, Oʻzbekistonda ziyorat turizmi rivlanayotgan bir davrda ularni taklif qildi. Bu taklif Jazoir Madaniyat vazirligi tomonidan yaxshi qabul qilinib, kelajakda hamkorlik ishlari qilinishligi kelishib olindi.

Qoʻlyozmashunos olim Qosim Ibn Zayf oʻzining shaxsiy kutubxonasida 60 mingdan ziyod qoʻlyozma mavjudligini aytib, shulardan 10 mingga yaqini Movarounnahrlik allomalarga tegishli ekanligini bildirdi. Bu manbalarning elektron nusxalarini Markazga berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Shu bilan birgalikda 100 ga yaqin Termiziy allomalar, jumladan, Imom Termiziy va Hakim Termiziy asarlarining elektron nusxalarini olishga muvaffaq boʻlindi. Jazoir Islom tadqiqotlar va madaniyatlar markazi direktori ham qoʻlyozmalar boʻyicha mutaxassis boʻlib, u ham oʻz shaxsiy kutubxonasidagi qoʻlyozmalarni berishga tayyor ekanligini bildirdi.

Sudan, Suriya, Tunis, Misr, Turkiya, Yamandan kelgan mutaxassis olimlar va Kabardino-Balkaria Islom universiteti tomonidan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlik qilishlik takliflari bildirildi.  Shubhasiz, kelajakda bu takliflar Markazning xalqaro hamkorlari yanada kengayishiga xizmat qiladi.

Mazkur festival har yili anʼanaviy oʻtkaziladigan boʻlib, bunda Islomdagi tasavvuf taʼlimotining yangi tadqiqotlari,  naqshbandiya tariqatining tasavvuf olamidagi oʻrni,  tasavvufning asl mazmun-mohiyati, xattotlik sanʼati, siyrat ilmi, nat mazmunli sherlar, islom dini bilan bog`liq badiiy asarlarning yaratilishi va ularning yoshlar tarbiyasidagi oʻrni yuzasidan Markaz vakillari doimiy aʼzosi sifatida festival qoʻmitasi tomonidan qabul qilindi.

Izoh qoldirish