07.08.2024

TARG‘IBOT TADBIRI - QASHQADARYO VILOYATIDA

🔰Bugun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xalqaro aloqalar va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Sadulla Boboxo‘jayev tomonidan Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Batosh mahallasida “Jaholatga qarshi ma’rifat”  mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

⏺Uchrashuvda “Buyuk allomalarimiz  ma'naviy merosining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati” va “Yangi O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” xususida fikrlar bildirildi.
⏺ Tadbir yakunida qatnashchilarga “Tinchlik qadri” nomli videofilm namoyish etildi. Shuningdek, suhbat davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Izoh qoldirish