17.01.2025

O‘ZBEKISTONDA DINIY-MA’RIFIY SOHADA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR (TERMIZ SHAHRI MISOLIDA)

Annotatsiya: O‘zbekistonning janubiy hududi hisoblangan Surxondaryo jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi bilan alohida mavqega ega. Ushbu o‘lka o‘zining buyuk allomalari, olimlari hamda mehnatkash xalqi bilan jahonga tanilgan. Hozirda yana o‘shanday olimlar chiqishi, ajdodlariga loyiq avlodlar tarbiyalash uchun tizimli islohotlar olib bormoqda va bu o‘z natijasini ham bermoqda.

Annotation: Surkhandarya, which is considered the southern region of Uzbekistan, has a special position due to its contribution to the development of world civilization. This country is known to the world for its great scholars, scientists and hardworking people. Currently, systematic reforms are being carried out in order to produce more such scientists and to raise generations worthy of their ancestors, and this is also giving its results.

Аннотатсия: Сурхандарьинская область, считающаяся южным регионом Узбекистана, занимает особое положение благодаря своему вкладу в развитие мировой цивилизatsiи. Эта страна известна миру своими великими учеными, учёными и трудолюбивыми людьми. В настоящее время проводятся системные реформы с целью выпускать больше таких ученых и воспитывать поколения, достойные своих предков, и это тоже дает свои результаты.

 

Kalit so‘zlar: Termiziylar yurti, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy o‘rta maxsus islom bilim yurti.

Key words: Land of the Termizi, Imam Termizi International Research Center, Imam Termizi Secondary School of Islamic Education.

 

Ключевые слова: Родина термизитов, Международный исследовательский центр Имама Термизи, Средняя школа исламского образования имама Термизи.

 

O‘zbekistonda din mamlakatdagi madaniy-ma’naviy an’analarning ajralmas qismi va aholi ma’naviy kamolotining asosi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda islom ma’rifatini tarqatish, ulug‘ alloma ajdodlarimiz ilmiy-ma’naviy merosini yanada chuqur o‘rganish olib borilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan sanaladi. Amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlarning oliy maqsadi xalqimizga, har bir fuqaroga munosib turmush sharoiti yaratishdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan muhim tashabbuslar va islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, diniy-ma’rifiy sohani yanada rivojlantirish, milliy-ma’naviy merosimiz va qadriyatlarimizni yanada yuksaltirishga, yurtimizdan yеtishib chiqqan ulug‘ mutafakkir va allomalarning boy merosi, ularning jahon sivilizatsiyasi, ilm-fan taraqqiyoti rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini chuqur tadqiq etish va keng targ‘ib qilish, yosh avlodni millatlar va dinlararo bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, tinch-totuv hayotni qadrlash va mustahkamlash ruhida tarbiyalash, xalqaro miqyosdagi ma’naviy-ma’rifiy muloqot va hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan farmon, qaror va farmoyishlar qabul qilinib, ijroga kiritildi[1].

Xususan, mamlakatimizda islom dini, movarounnahrlik ulug‘ alloma va mutafakkirlarning boy merosini o‘rganish, tarixiy obidalarni asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston ko‘p millatli, ko‘p konfessiyali mamlakat.

Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiydek buyuk ajdodlarimiz asos solgan hadis maktablari faoliyatini qayta tiklash va rivojlantirish, ular qoldirgan boy ilmiy merosni o‘rganish maqsadida, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Toshkentdagi Imom Moturidiy, Samarqanddagi Imom Buxoriy, Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarning bunyodkorlik mohiyatini ochib berdi[2].

O‘zbekistonning janubiy hududi hisoblangan Surxondaryo jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi bilan alohida mavqega ega. Ushbu o‘lka o‘zining buyuk allomalari, olimlari hamda mehnatkash xalqi bilan jahonga tanilgan. Ajdodlarimiz o‘zlarining hayot tajribalarida munosib hurmatga sazovor bo‘lgan shaxslarning nomlarini abadiylashtirishga, amalga oshirgan ishlarini kelajak avlodga namuna sifatida qoldirishga harakat qilgan. Munosib shaxslarning merosini va tarixini o‘rganish, diniy-diyonatli insonlarning hayot tajribasini ommalashtirish, ularning dunyoviy va diniy sohada amalga oshirgan ishlari yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadlariga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Qarori ham ana shunday bunyodkorlik ishlarini boshlanishi bo‘ldi.

Qarorga muvofiq Islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Iso Termiziy (Imom Termiziy) va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, muqaddas yurtimiz zamini azal-azaldan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar vatani bo‘lib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Surxondaryo viloyati hokimligining Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi[3].

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi chin ma’noda Surxondaryo ahliga ulkan ma’naviy tuhfa bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, bu yеrdan Termiziy nomi bilan islom olamiga mashhur bo‘lgan yuzlab allomalar yеtishib chiqqan. Biroq Sovet davrida ularning hatto nomlari ham unutilish darajasiga yеtib kelgan.

Markazning xalqaro maqomi – ajdodlarimiz merosining bugungi dunyo muammolarini yеchishda ishtirok etishi lozimligining amaliy ifodasi hamdir. Bugungi kunda Markaz ilmiy xodimlari tomonidan Termiziy allomalar ijodiga oid o‘ndan ortiq asarlarni tarjima qilib, nashr ettirdi hamda yurtimiz va xalqaro miqyosda ko‘plab ilmiy maqolalar e’lon qilindi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda Markaz xodimlari Termiziylar merosining jahonning 44 mamlakati kutubxona fondlarida saqlanayotgan 1400 dan ziyod qo‘lyozmalarini aniqlashda ishtirok etgani va “Termizlik allomalar asarlarining qo‘lyozmalari katalogi”, “Termizlik olimlar asarlarining jahon fondlaridagi qo‘lyozmalari katalogi” kitoblarining nashr etilishida hamkorlik qilgani Markazning tarixiy yutuqlaridan biri sifatida baholash mumkin. Va yana Imom Termiziy, Hakim Termiziy va termizlik boshqa olimlarning 20 dan ortiq asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilindi[4].

Bugungi kunda Markaz bir nechta xorijiy hamkorlar bilan qalin aloqalar o‘rnatgan ham o‘z yo‘nalishida xalqaro tajribadan foydalanib samarali faoliyatini davom ettirmoqda.

O‘zbekistonda imom-xatiblarning bilim va kasbiy malakasini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda2019-yil 14-yanvarda diniy soha xodimlari, oliy, o‘rta maxsus, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ajdodlarimizning islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan boy diniy-ilmiy merosini keng targ‘ib qilish, diniy-ma’rifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka еtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Malaka oshirish markazi va uning 4 ta hududiy filiali faoliyati yo‘lga qo‘yildi. xususan, Surxondaryo (Termiz shahrida) mintaqaviy filiali ham tashkil etildi. Unda har yili yuzlab imom-xatiblar bugungi voqelik talablaridan kelib chiqib, bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqdalar[5].

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 17–18-oktyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Termiz shahrida “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom bilim yurti tashkil etildi. Ta’lim muassasasi 2020-yil 8-iyun kuni 24-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi[6].

Ta’lim muassasasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim maskani bo‘lib, o‘rta maxsus diniy ma’lumotli islom shariati va hadis ilmlari mutaxassisi, imom-xatiblar tayyorlanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tabarruk Termiz zaminida buyuk muhaddis Imom Termiziy nomi bilan ataladigan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, diniy ta’lim muassasasi hamda diniy soha xodimlari uchun malaka oshirish markazi faoliyat boshlashi yaqin kelajakda bundanda katta islohot va marralar egallanishiga turtki bo‘ladi desak adashmagan bo‘lamiz.

BEKJON QURBONOV,

Qarshi davlat universiteti tadqiqotchisi

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevralda “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2774-son qarori // “Xalq so‘zi”, 2017-yil 15-fevral, 33 (6727).
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-sentyabrdagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-4436-son qarori.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish markazi va “Ziyo” media markazini tashkil etish hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 25-son qarori.
  4. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2016.
  5. https://termiziy.uzImom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasmiy veb sayti.
  6. https://pm.gov.uz  Virtual qabulxona rasmiy veb sayti.


 

[1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-sentyabrdagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4436-son qarori.

[2] Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2016. – 9 b.

[3] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevralda “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2774-son qarori // “Xalq so‘zi”, 2017-yil 15-fevral, 33 (6727).

[4] https://termiziy.uzImom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasmiy veb sayti.

[5] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish markazi va “Ziyo” media markazini tashkil etish hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 25-son qarori.

[6]https://pm.gov.uz/uz/lists/view/564Президент Шавкат Мирзиёевнинг Сурхондарё вилоятига ташрифи.

Izoh qoldirish