28.01.2025

IMOM TAHOVIYNING SHAYXLARI, SHOGIRDLARI VA U ZOTDAN HADIS RIVOYAT QILGAN SHERIKLARI

Abdulaziz ibn Abu Tohir Tamimiy imom Tahoviyning shayxlari haqidagi maʼlumotlarni bir asardan alohida boʻlim ajratib jamlagan. Uning shayxlari qatorida oʻzining togʻasi Muzaniy ham mavjud. Tahoviy togʻasidan koʻplab hadis eshitgan va undan imom Shofiʼiyning “Sunan”[1]ini ham rivoyat qilgan. Ibn Yunus ham imom Tahoviy oʻz togʻasi Muzaniydan koʻp hadis eshitgan va undan imom Shofiʼiyning “Sunan” ini rivoyat qilgan, degan. Badruddin Ayniy aytadi: imom Tahoviy oʻz asarlarida togʻasi Muzaniydan koʻplab rivoyat qilgan, xususan, “Maʼoniyul-osor” asarida ham. Hozirgi paytgacha imom Shofiʼiyning “Musnad” asari[2] uning toriqi-rivoyat yoʻlidan rivoyat qilinib keladi, degan. Imom Tahoviyning toriqi bilan imom Shofiʼiydan rivoyat qilingan hadislar Tahoviyning Muzaniydan u esa imom Shofiʼiy rahmatullohi alayhdan eshitgan hadislari boʻlib, bu toʻplam “Sunanu Shofiʼiy” va “Sunanu Tahoviy” nomlari bilan mashhurdir. Ushbu asarning gʻoyatda sahih nusxalari boʻlib, ularda roviylarning har bir tabaqasi hadislarni bir-biridan eshitib rivoyat qilgani ham qayd etilgan. Oʻsha nusxalardan biri Ostona (poytaxt) dagi Oyo Soʻfiya kutubxonasida saqlanadi. Asarning nashr qilingan nusxasi ham yaxshi hisoblanadi. Lekin Ibn Mator Niysonburiy Rabʼ Murodiyning doʻsti (sohibi) Abulabbos Asamdan uning Rabiʼiydan eshitib toʻplagan maʼlumotlari, u esa oʻsha maʼlumotlarni imom Shofiʼiyning “al-Umm”[3] nomli kitobida keltirgan maʼlumotlari qayta koʻrib chiqish va islohga ehtiyoji bor. Ushbu tuzatish ishlarini hofiz Muhammad Obid Sindiy oʻzining “Tartibu Musnadi Shofiʼiy”[4] nomli asarida amalga oshirgan. Muallif bu kitobida “Musnadi Shofiʼiy” asarini tartibga keltirgan va takroriy maʼlumotlarni tushirib qoldirgan, natijada asar foydali holga kelgan. Alloh taolo muallifni bu ishiga yarasha chiroyli mukofatlasin. Umid qilamizki, bu ishga ahl boʻlgan kishilar ushbu tartibga keltirilgan musnad asarni nashr qilsalar, manfaʼati yanada koʻproq boʻlar edi. Chunki Abulabbos Asam tomonidan Hindiston va Misrda amalga oshirilgan imom Shofiʼiy Musnadining nashrida qoʻpol xatoliklar mavjud.

Ibn Asokir oʻzining “Tarix”[5] asarida Imom Tahoviy tarjimayi holi haqida; Tahoviy Horun ibn Saʼiyd Iyliy, Umariyning kotibi Abu Shurayh Muhammad ibn Zakariyo, Abu Usmon Saʼiyd ibn Bishr ibn Maravon Ruqqiy, Rabiyʼ ibn Sulaymon Jiyziy, Abulhoris Ahmad ibn Saʼiyd Fehriy, Aliy ibn Maʼbad ibn Nuh, Iso ibn Ibrohim Gʻofiqiy, Yunus ibn Abdulaʼlo, Abu Qurra Muhammad ibn Hamiyd Raʼiyniy, Molik ibn Abdulloh Tujaybiy, Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulhakam, Ibrohim ibn Munqaz Xuloniy, Ibrohim ibn Marzuq, Bahr ibn Nasr Xuloniy, Sulaymon ibn Shuʼayb Kaysoniy va boshqa olimlardan hadis eshitgan, degan.

Ibn Asokir imom Nasoʼiyning tarjimayi holi haqida, imom Tahoviy imom Nasoʼiydan hadis rivoyat qilgan, degan. Saʼiyd ibn Yunus; Tahoviy misrlik va Misrga koʻchib kelgan koʻplab olimlardan hadis rivoyat qilgan, degan. Ular sirasiga Sulaymon ibn Shuʼayyub Kaysoniy va Abu Muso Yunus ibn Abdulaʼlo Sodafiylar kiradi. Badruddin Ayniy aytadi; imom Tahoviy hadis rivoyatida imom Muslim va boshqa roviylarga sherik boʻlgan. Abdulgʻaniy “Al-Kamol”[6] nomli asarida; Yunus ibn Abdulaʼlo Sodafiy Abu Muso Misriydan Abu Zurʼa, Abu Hotim va uning oʻgʻli Abdurrahmon, Muslim, Nasoʼiy va Ibn Moja kabi olimlar hadis rivoyat qilishgan. Imom Tahoviydan esa koʻplab kishilar hadis rivoyat qilgan. Baʼzi ahli ilmlar imom Tahoviydan rivoyat qilgan kishilarning nomlarini alohida ham keltirishgan. Tahoviydan hadis rivoyat qilgan olimlar sirasiga Abulhasan Aliy ibn Ahmad Tahoviy, Soʼid qozisi Abu Muhammad Abdulaziz ibn Muhammad Tamimiy Javhariy, Abu Bakr Makkiy ibn Ahmad ibn Saʼdvayh Bardaʼiy, Abulqosim Maslama ibn al-Qosim ibn Ibrohim Qurtubiy, qozi, oʻz davrida zohir ahlining shayxi boʻlgan, Abulqosim Ubaylulloh ibn Aliy Dovudiy, faqih al-Hasan ibn al-Qosim ibn Abdurrahmon Abu Muhammad, katta qozi Ibn Abulʼavom, Abulhasan Muhammad ibn Ahmad Axmimiy, Maymun ibn Hamza Ubaydliy, Yusuf ibn al-Qosim Mayonijiy, Ahmad ibn Abdulvoris Zajjoj, Muhammad ibn Bakr ibn Matruh, qoziy Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Mansur Domigʻoniy Ansoriy, Abu Sulaymon Muhmmad ibn Abdulloh ibn Zubar va boshqa olimlar kiradi. Shuningdek, imom Tahoviy hadis rivoyat qilgan mashhur shayxlar qatoriga; hofiz, al-Moʻjam asarining muallifi Abulqosim Sulaymon ibn Ahmad ibn Ayyub Tobaroniy, hofiz Attarix asarining sohibi Abu Saʼiyd Abdurrahmon ibn Ahmad ibn Yunus Misriy, foydali hofiz, Gʻundar laqabi bilan tanilgan olim Abu Bakr Muhammad ibn Jaʼfar ibn Al-Husayn Bagʻdodiy, hafoz Abu Bakr Muhammad ibn Ibrohim ibn Aliy Muqriʼ-imom Tahoviydan “Maʼoniyul-osor” asarini eshitgan boʻlib, olimning ushbu rivoyati tabaqalar ketma-ketlida kelgan roviylar sanadlaridagi rivoyati hisoblanadi- shuningdek, hofiz Ahmad ibn al-Qosim ibn Abdulloh Bagʻdodiy Ibn al-Xashshob nomi tanilgan olim, hofiz Muhammad ibn al-Muzaffar ibn Muso Abulhusayn Bagʻdodiylar Misrda Tahoviydan “Sunanu Shofiʼiy”ni togʻasi Ismoil ibn Yahyo Muzaniy rivoyatiga muvofiq eshitgan. Ushbu rivoyatni hofiz Ibn Nuqta ham Badruddin Ayniy aytganini keltirgan. 

 

 

 

 

 

 

 

 

IMOM TAHOVIY SHAYXLARI ISMLARINING ALFAVIT TARTIBIGA MUVOFIQ KELTIRILISHI

 

A.(alif harfiga koʻra); 

  1. Ibrhim ibn Abu Dovud Al-Barlasiy,
  2. Ibrohim ibn MunqazXavloniy,
  3. Ibrohim ibn Muhammad Soyrafiy,
  4. Ibrohim ibn Marzuq Basriy,
  5. Ibrohib ibn Aliy ibn Abdurrahmon ibn Muhammad ibn al-Mugʻiyra,
  6. Ibrohim ibn Ahmad ibn Maravon,
  7. Ahmad ibn al-Hasan ibn al-Qosim Koʻfiy,
  8. Ahmad ibn Dovud ibn Muso Sadusiy,
  9. Ahmad ibn Sahl Roziy, 
  10.  Ahmad ibn Asrom Muzaniy,
  11. Ahmad ibn Masʼud Maqdisiy, 
  12. Ahmad ibn Saʼiyd Fehriy,
  13.  Ahmad ibn Muhammad ibn Hammod, 
  14.  Abu Bishr Dulobiy,
  15.  Ahmad ibn Yusuf, 
  16.  Ahmad ibn Xolid ibn Yaziyd Forisiy,
  17.  Ahmad ibn Abdulloh ibn Abdurrahim Barqiy, 
  18.  Ahmad ibn Hammod Tujaybiy, 
  19. Ahmad ibn Muhammad ibn Yahyo ibn Saʼiyd al-Qatton, 
  20.  Ahmad ibn Muhammad ibn Salom Bagʻdodiy,
  21.  Ahmad ibn Muhammad ibn Bashshor,
  22.  Ahmad ibn Xalaf,
  23.  Ahmad ibn Abdurrahmon ibn Vahb,
  24.  Ahmad ibn Shuʼayb Nasoʼiy, 
  25.  Ahmad ibn Abdulmoʻmin Marvaziy,
  26.  Ahmad ibn Abu Imron Muso Bagʻdodiy, 
  27. Isʼhoq ibn Ibrohim ibn Yunus Bagʻdodiy al-Varroq,
  28.  Isʼhoq ibn Ismoil Iyliy, 
  29. Isʼhoq ibn al-Hasan ibn al-Husayan at-Tohhan Marvaziy,
  30.  Ismoil ibn Isʼhoq ibn Sahl Koʻfiy, 
  31.  Ismoil ibn Hamdvayh Bukoiy,
  32.  Ismoil ibn Yahyo al-Muzaniy (Tahoviyning togʻasi).

 B. (Ba harfiga koʻra); 

  1. Bahr ibn Nasr ibn Soyiq Xuloniy,
  2. Bakkor ibn Qutayba Basriy,
  3. Bakr ibn Idris ibn al-Hajjoj ibn Horun al-Azdiy.

J. (Jim harfiga koʻra); 

  1. Jaʼfar ibn Sulaymon ibn Muhammad ibn al-Hoshimiy,
  2. Jaʼfar ibn Ahmad al-Valiyd al-Aslamiy. 

H. (He harfiga koʻra);

  1. Al-Hajjaj ibn Imron al-Mozaniy,
  2. Al-Hasan ibn Abdulloh ibn Mansur al-Bolisiy,
  3. Al-Hasan ibn Abdulaʼlaa as-Sanʼoniy, 
  4. Al-Hasan ibn Gʻulayb ibn Saʼiyd al-Azdiy, 
  5. Al-Husayn ibn Nasr ibn al-Mubarak al-Bagʻdodiy,
  6. Hakiym ibn Sayf ar-Ruqqo.

R. (Re harfiga koʻra); 

  1. Ar-Rabiyʼ ibn Sulaymon al-Azdiy al-Jiyziy,
  2. Ar-Rabiyʼ ibn Sulaymon al-Murodiy,
  3. Ruh ibn al-Faraj Abuzzanbaʼ.

Z. (Ze harfiga koʻra); 

  1. Zakariyo ibn Yahya ibn Abon.

S. (Sin harfiga koʻra);

  1. Saʼiyd ibn Bishr ibn Marvon ar-Ruqqo,
  2. Saʼiyd ibn Sulaymon al-Vositiy, 
  3. Sulaymon ibn Shuʼayb al-Kaysoniy.

So.(Sod harfiga koʻra); 

  1. Solih ibn Hakiym at-Tammor al-Basriy, 
  2. Solih ibn Shuʼayb ibn Abon al-Basriy,
  3. Solih ibn Abdurrahmon al-Ansoriy.

To. (To harfiga koʻra); 

  1. Tohir ibn Amr ibn ar-Rabiyʼ ibn Toriq.

Ayn.(Ayn harfiga koʻra); 

  1. Abdulloh ibn Muhammad ibn Xushaysh al-Basriy,
  2. Abdulloh ibn Abu Dovud,
  3. Abdurrahmon ibn Amr ad-Dimashqiy Abu Zurʼa, 
  4. Abdulloh ibn Muhammad ibn Saʼiyd ibn Abu Maryam,
  5. Abdurrahmon ibn al-Jorud ibn Abdulloh ibn Zozon al-Kufiy, 
  6. Abdulaziz ibn Muʼoviya al-Gʻassoniy,
  7. Abdulmalik ibn Maravon ar-Ruqqo, 
  8. Abdulloh ibn Ahmad ibn Zakariyo ibn al-Horis ibn Abu Maysara al-Makkiy,
  9. Abdulgʻaniy ibn Rifoʼa al-Laxmiy, 
  10. Abiyd ibn Rijol al-Misriy, 
  11. Aliy ibn shayba al-Basriy,
  12. Aliy ibn Maʼbad ibn Nuh, 
  13. Aliy ibn Saʼiyd ibn Bishr ar-Roziy, 
  14. Aliy ibn Abdulʼaziz (Abu Ubaydning doʻsti)-u ushbu olimning yoʻlidan imom Osim, al-Aʼmash, Hamza va Kisoʼiylarning qiroatlarini ijozatan rivoyat qilgan,
  15.  Aliy ibn Ahmad ibn Sulaymon,
  16. Aliy ibn al-Husayn ibn Abdurrahmon ibn Fahm,
  17. Aliy ibn Zayd al-Faroʼiziy,
  18.  Aliy ibn Abdurrahmon ibn Muhammad ibn al-Mugʻiyra al-Maxzumiy Alon,
  19.  Aliy ibn Abdurrahmon al-Ansoriy, 
  20.  Imron ibn Muso at-Toʼiy,
  21.  Umar ibn Ibrohim ibn Yahyo al-Bagʻdodiy, 
  22. Iso ibn Ibrohim ibn Masrud al-Gʻofiqiy, 
  23. Abdulhamiyd ibn Abdulaziz al-Qoziy Abu Xozim.

Fe. (Fe harfiga koʻra); 

  1. Fahd ibn Sulaymon al-Makkiy.

Qof. (Qof harfiga koʻra); 

  1. Al-Qosim ibn Ubaydulloh ibn Mahdiy al-Axmimiy,
  2. Al-Qosim ibn Muhammad ibn Jaʼfar al-Basriy.

Lom. (Lom harfiga koʻra); 

  1. Al-Lays ibn Abada ibn Muhammad al-Marvaziy.

Mim. (Mim harfiga koʻra); 

  1. Muhammad ibn Sulaymon ibn Hishom al-Xazzoz (al-Yashkuriy),
  2. Mubashshir ibn al-Hasan ibn Mubashshir al-Basriy,
  3. Muhammad ibn Aliy ibn Dovd al-Bagʻdodiy,
  4. Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulhakam,
  5. Muhammad ibn Sanon ash-Sheroziy,
  6. Muhammad ibn Xuzayma ibn Roshid al-Asadiy, 
  7. Muhammad ibn Jaʼfar al-Faryobiy, 
  8. Muhammad ibn Amr ibn Yunus al-Koʻfiy, 
  9. Muhammad ibn Harmala,
  10. Muhammad ibn Ahmad ibn al-Abbos ar-Roziy (Ijoza),
  11.  Muhammad ibn Abdulloh ibn Maymun al-Bagʻdodiy,
  12. Muhammad ibn Aliy ibn Zayd al-Makkiy,
  13. Muhammad (Abu Bakr) ibn Ibrohim ibn Junoda al-Bagʻdodiy,
  14. Muhammad ibn Humayd ibn Hishom Abu Qurra ar-Raʼiyniy,
  15. Muhammad ibn Ahmad al-Koʻfiy Abualoʼ,
  16. Muhammad ibn Ismoil ibn Solim as-Soʼigʻ al-Makkiy,
  17. Muhammad ibn al-Hajjoj Sulaymon al-Hazramiy,
  18. Muhammad ibn Aliy ibn Dovud al-Bagʻdodiy,
  19.  Al-Muttolib ibn Shuʼayb ibn Hibbon al-Azdiy,
  20. Muhammad ibn Zakariyo al-Umariyning kotibi,
  21. Muhammad ibn Abdurrahmon al-Hiraviy, 
  22.  Muhammad ibn Rabiyʼa al-Makkiy,
  23.  Muso ibn Hasan ibn Abdulloh al-Marvaziy as-Suhayliy,
  24. Muhammad ibn al-Abbos ibn ar-Rabiyʼ al-Luʼluʼiy,
  25. Muhammad ibn Aziyz al-Ibliy,
  26. Muhammad ibn Ahmad ibn Jaʼfar al-Koʻfiy,
  27. Muhammad ibn Bahr ibn Mutayr al-Vositiy,
  28.  Muhammad ibn an-Noʻmon as-Saqotiy, 
  29. Muhammad ibn Abdulloh ibn Maymun al-Bagʻdodiy, 
  30.  Muhammad ibn Hashom ash-Sheroziy, 
  31.  Muhammad ibn Harb an-Nasoʼiy al-Himsiy,
  32. Muhammad ibn Iso ibn Fulayx al-Xuzoʼiy,
  33. Muhammad ibn Iso ibn Jobir ar-Rashidiy,
  34.  Muhammad ibn Amr ibn Tamom al-Kalbiy Abulkardus,
  35. Muhammad ibn Zayod ibn Rayyon al-Kalbiy, 
  36.  Muhammad ibn Sulaymon al-Bogʻandiy,
  37. Muso ibn Iso al-Muqriʼ (Tahoviyning qiroatdagi shayxi),
  38.  Muso ibn an-Noʻmon al-Makkiy,
  39.  Muhammad ibn Saloma at-Tahoviy (Imomning otasi),
  40. Muhammad ibn Abdulloh ibn Abduljabbor al-Murodiy,
  41.  Muhammad ibn Ahmad ibn Jaʼfar az-Zuhaliy al-Koʻfiy, 
  42.  Muhammad ibn Jaʼfar ibn Muhammad ibn Ayun,
  43.  Muso ibn al-Hasan al-Bagʻdodiy,
  44.  Muhammad ibn Aliy ibn Yaziyd al-Makkiy, \
  45.  Molik ibn Abdulloh ibn Yusuf at-Tujaybiy, 
  46. Muhammad ibn Rijol,
  47. Muhammad ibn Aliy ibn Zayd al-Halvoniy, 
  48. Muhammad ibn Abduh al-Marvaziy, 
  49. Musʼida ibn Xozim, 
  50.  Muso ibn al-Hasan al-Marvaziy, 
  51.  Molik ibn Yahyo al-Hamadoniy, 
  52. Muhammad ibn Aliy ibn Mihraz al-Bgʻdodiy, 
  53.  Muhammad ibn Yahyo ibn Mator al-Bagʻdodiy, 
  54. Musʼab ibn Ibrohim ibn Hamza az-Zubayriy. 

Nun. (Nun harfiga koʻra); 

  1. Nasr ibn Harb al-Musmiʼiy,
  2. Nasr ibn Marzuq al-Ataqiy,

Vov. (Vov harfiga koʻra); 

  1. Al-Valiyd ibn Muhammad at-Tamimiy Abulqosim (Valod).

He. (He harfiga koʻra); 

  1. Horun ibn Komil Abu Muso al-Misriy,
  2.  Horun ibn Muhammad al-Asqaloniy.

Yo. (Yo harfiga koʻra);

  1. Yahyo ibn Usmon ibn Solih as-Sahmiy al-Misriy,
  2. Yahyo ibn Nusayr,
  3. Yahyo ibn Ismoil al-Bagʻdodiy Abu Zakariyo,
  4. Yusuf ibn Yaziyd,
  5. Yunus ibn Abdulaʼlo.
  6.  

Yuqorida Abu Jaʼfar imom Tahoviyning juda koʻp izdoshlari haqida maʼlumot kelitirildi. Bu еrda ularning zikrini qayta keltirish mavzuning choʻzilib ketishiga sabab boʻladi. Namuna sifatida ulardan ayrim olimlarning ismlarini keltirib oʻtamiz:

  1. Ahmad (Abu Usmon)ibn Ibrohim ibn Hammod, qozi Ismoilning nabirasi, Misr qozisi,
  2. Ahmad ibn Abdulvoris az-Zajjoj,
  3. Ahmad ibn al-Qosim ibn Abdulloh al-Bagʻdodiy Ibn al-Xashshob nomi bilan mashhur boʻlgan hofiz,
  4. Ahmad ibn Muhammad ibn Mansur Abu Bakr al-Ansoriy ad-Domigʻoniy qozi,
  5. Al-Hasan ibn al-Qosim ibn Abdurrahmon Abu Muhammad al-Misriy,
  6. Sulaymon ibn Ahmad Ayyubat-Tobaroniy, hofiz, al-Maʼajim asari muallifi,
  7. Abdulloh ibn Ahmad ibn Zubr Abu Muhammad qozi, ad-Duʼabiy Sulaymon,
  8. Abdulloh in Hadid ibn ash-Shavvaʼ Abu Muhammad al-Arzaniy,
  9. Abdulloh ibn Muhammad ibn Ahmad Abulqosim,Ibn Abulʼavom nomi bilan tanilgan, hofiz, katta qozi,
  10.  Abdurrahmon ibn Isʼhaq al-Javhariy, Misr qozisi,
  11.  Abdurrahmon ibn Ahmad ibn Yunus Abu Saʼiyd al-Misriy tarixchi hofiz,
  12.  Abdulʼaziz ibn Muhammad at-Tamimiy al-Javhariy, Soʼiydning qozisi,
  13.  Ubaydulloh ibn Aliy ad-Dovudiy Abulqosim, zohiriylarning oʻz davridagi shayxi,
  14.  Aliy ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Salaama Abulhasan Tahoviy, imom Tahoviyning oʻz oʻgʻli,
  15. Aliy ibn al-Husayn ibn Harb Abu Ubayd, Misr qozisi,
  16.  Muhammad ibn Ahmad al-Axmiymiy Abulhasan,
  17.  Muhammad ibn Ibrohim ibn Aliy al-MuqriʼAbu Bakrhofiz,
  18. Muhammad ibn Abdulloh ibn Zubr Abu Sulaymon hofiz,
  19. Muhammad ibn Ubayda Abu Ubaydulloh Misr qozisi,
  20.  Muhammad ibn Jaʼfar ibn al-Husayn al-Bagʻdodiy Gʻundar nomi bilan mashhur boʻlgan foydali hofiz,
  21.  Muhammad ibn Umar Termiziy Abulfazl,
  22.  Maslama ibn al-Qosim ibn Ibrohim Abulqosim al-Qurtubiy, 
  23.  Makkiy ibn Ahmad ibn Saʼdivayh al-Bardaʼiy Abu Bakr,
  24. Muhammad ibn al-Muzaffar ibn Muso Abulhusayn al-Bagʻdodiy hofiz,
  25. Maymun ibn Hamza al-Ubaydliy, 
  26.  Hishom ibn Muhammad ibn Abu Xaliyfa ar-Ruʼayniy,
  27.  Hishom ibn Muhammad ibn Qurra al-Misriy,
  28.  Yusuf ibn al-Qosim al-Mayonajiy Abulqosim. 

Olimning hadis hofizlari va faqihlaridan iborat shu miqdordagi doʻstlari va shogirdlarining ismlari namuna sifatida keltirildi. Alloh taolo ularning barchasidan rozi boʻlsin!

SUVONOV FAZLIDDIN,

Imom Buxoriy nomidagiu Toshkent islom instituti

 “Tahfizul Qurʻon” kafedrasi oʻqituvchisi

 

[1] Imom Shofiʼiyning “Sunan” asari.

[2] Imom Shofiʼiyning “Musnad” asari.

[3] Imom Shofiʼiyning “Al-Umm” asari.

[4] Hofiz Obid Sindiy “Tartib Musnad Shofiʼiy” asari.

[5] Ibn Asokir “At-Tarix” asari.

[6] Abdulgʻaniy “Al-kamol” asari.

Izoh qoldirish