18.11.2021

Muqaddasdir vatan bayrog’i

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi majlislar zalida Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabalari ishtirokida “Muqaddasdir vatan bayrog’i” shiori ostida davra suhbati bo'lib o'tdi.

 Unda Imom Termiziy  o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi direktori    Shukurillo Umarov talabalarga Vatanimizning shonli o’tmishida buyuk ajdodlarimizning Vatan va uning bayrog’iga nisbatan mehr-muhabbati haqida so’z yuritar ekan, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur singari  ulug’ davlat arboblarining vatanparvarligi, yurt va millat ravnaqi uchun chekkan zahmatlari va fidoyiligi haqida atroflicha ma’lumotlar berib o’tdi. Shuningdek, mamlakatimizning bugungi bayrog’i va undagi ramzlarning har biri chuqur ma’no kasb etib, vatanimiz o’tmishi-yu, buyuk kelajagidan so’z yuritishi haqida fikrlar bildirib o’tdi.

   Tadbir davomida Imom Termiziy  o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabalari o’zlarinig davlatimiz bayrog’i   qabul qilinganligining 30 yilligiga bag’ishlangan maqolalari hamda ijodiy fikrlari bilan ishtirok etishib, Vatanimiz tarixi, bayroq va undagi ramzlarning ma'nolari haqida ma'lumotlar berib o'tishdi.

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi matbuot xizmati

Izoh qoldirish