Ustoz Mirzo Kenjabek tomonidan yangi kitoblar hadya qilindi.
Mamlakatimizda yoshlarimizni kitobxonlikka bo’lgan qiziqishni yanada oshirish, ularning ma’naiv olamini yanada boyitish, dunyoqarashini shakllantirish maqsadida, 2022-yil 18-yanvar kuni shoir, adib, tarjimon, yozuvchi va olim Mirzo Kenjabek o’z qalamiga mansub hamda arab, fors va turk tillaridan o’zi tarjima qilgan 10 turdagi 500 dan ziyod diniy hamda she’riy kitoblarini beg’araz hadya sifatida Imom Termiziy oʼrta maxsus islom taʼlim muassassi kutubxonasiga taqdim etdi.
Shu munosabat bilan ustoz Mirzo Kenjabekka ta’lim muassasasi pedogog-o’qituvchi xodimlari hamda talabalari tomonidan o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Bu xayrli, ilmiy-ma’rifiy va ziyoga targ’ib bo’lgan kitobxonlik va kitob ulashishga barchani taklif qilib qolamiz.
Izoh qoldirish