Imom Termiziy XITM faoliyati tanishtirildi
2
19-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish Markazi Surxondaryo viloyati boʻlinmasining bir guruh tinglovchilari Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida bo’lishib, markaz faoliyati, bu yerda olib borilayotgan ilmiy–tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishishdi.
Jumladan, "Hadisshunoslik", "Manbashunoslik", "Xalqaro aloqalar va ziyorat turizmini rivojlantirish" kabi bo'limlarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, yetarli darajada o'zining ilmiy bazasiga ega markaz kutubxonasi hamda media studiya faoliyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, mazkur tadqiqot markazi faoliyati va termiziylar adabiy merosini o’rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar aks etgan videorolik namoyishi tinglovchilarga katta qiziqish uyg'otdi.
Uchrashuv asnosida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi majlislar zalida davra suhbati tashkil etildi. Unda markaz direktori Shukurillo Umarov o'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, qo'lga kiritilgan yutuqlar hamda, kelgusida bajarilishi belgilangan keng ko'lamdagi rejalar haqida ishtirokchilarga atroflicha ma'lumot berib o'tdi.
Samimiy tarzda kechgan suhbat-muloqot jarayonida tinglovchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda, mazkur muassasada har jabhada olib borilayotgan o’zgarishlar va yangiliklar o’zlarida katta taassurot qoldirganini, barcha qulayliklarga ega Imom Termziy ilmiy-tadqiqot markaziga tashrifidan mamnun ekanliklarini bildirib o’tishdi.
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Matbuot xizmati.
a
Izoh qoldirish