20.01.2022

Imom Termiziy XITM va Rossiya Islom universiteti o’rtasida online seminar bo'lib o'tdi

2021-yil 16-dekabr kuni Rossiyaning Ufa shahrida Islom taʼlimini rivojlantirish boʻyicha Yevroosiyo assotsiatsiyasining “XXI asr ta’lim makonida islom g‘oyalari va qadriyatlari” mavzusidagi XIII Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tgan edi.  Unda belgilab olingan umumiy ezgu maqsadlarning davomi sifatida 20-yanvar kuni Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Rossiya Islom universiteti o’rtasida online seminar tashkil etildi.

Seminarda Yevroosiyo makonida zamonaviy islom ta’lim tizimini barpo etish  assotsiatsiyaning  asosiy maqsadi ekanligi ta’kidlanib, islom ta’limini rivojlantirish va xalqaro ilmiy aloqalarni yanada kengaytirish  haqida fikrlar bildirib o’tildi. Mazkur aloqalarning davomi sifatida Rossiya Islom universiteti bilan joriy yilning fevral oyida ikki tomonlama anglashuv memorandum qilishga kelishib olindi.

Shuningdek, Yevroosiyo assotsiatsiyasining maqsad va vazifalari Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining kelgusidagi ustuvor maqsad va vazifalari bilan ko‘p jihatdan mos kelishi, bu esa kelgusidagi o’zaro ilmiy hamkorliklar uchun keng imkon yaratishi ta’kidlandi. 

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Matbuot xizmati


 

Izoh qoldirish