22.02.2022

Imom Termiziy XITM faoliyati tanishtirildi

 Termiz muhandislik-texnologiya institutining bir guruh talabalari Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida bo’lishib,  markaz faoliyati, bu yerda olib borilayotgan ilmiy–tadqiqot ishlari  bilan yaqindan tanishishdi.

  Markaz ilmiy kotibi Olim Jo'rayev bu yerdagi sharoitlar, amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida ishtirokchgilarga atroflicha ma'lumot berib o'tdi. 
  Talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarlicha javoblar olishdi.

Izoh qoldirish