03.03.2022

Onlayn seminar

XVIII-XX asr oxirlarida Rossiyada fiqh va shariat adolati tarixi va huquqiy antropologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar

🔰 Bugun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti tomonidan tashkil etilgan “XVIII-XX asr oxirlarida Rossiyada fiqh va shariat adolati tarixi va huquqiy antropologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar” mavzusidagi onlayn seminar ZOOM dasturi orqali  bo'lib o'tdi.

  Seminarda Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti “Markaziy Osiyo, Kavkaz va Ural-Volga mintaqasini oʻrganish markazi” yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Vladimir Bobrovnikov va xalqaro ekspertlar, yetakchi olimlar, hamda soha mutaxassislari  ishtirok etishdi.

Izoh qoldirish