11.03.2022

Ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g‘arazli niyatlari va muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyati.

 Joriy yilning 10-mart kuni Termiz muhandislik texnilogiya  institutida Surxondaryo viloyatida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi yuzasidan “Ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g‘arazli niyatlari va muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyati” mavzusida seminar o'tkazildi.

❇️ Seminarda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Olim Jo’rayev ishtirok etdi.

💫 O.Jo‘rayev  din niqobidagi tahdidlar, ularning namoyon bo’lish shakllari, tahdidlarning yoshlar hayotidagi salbiy oqibatlari, din niqobidagi ekstremizm va terrorizm tahdidlariga qarshi immunitet shakllantirish masalalari, shuningdek, islom ma’rifati to’g’risida  talaba-yoshlarga ma’lumot berdi.

🔷 Seminar so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Manba: @TMTI379

Izoh qoldirish