12.03.2022

Ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g‘arazli niyatlari va muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyati.

Joriy yilning 12-mart kuni Termiz davlat universitetining pedagogika  institutida Surxondaryo viloyatida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi yuzasidan “Ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g‘arazli niyatlari va muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyati” mavzusida seminar o'tkazildi.

  Seminarda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Sarvar Saidov ishtirok etdi.

 Seminar davomida S.Saidov  din niqobi ostidagi tahdidlar, ularning namoyon bo’lish shakllari, ularning yoshlar hayotidagi oqibatlari, din niqobidagi ekstremizm va terrorizm tahdidlariga qarshi immunitet shakllantirish masalalari to’g’risida  talaba-yoshlarga ma’lumot berdi.

🔷 Seminar so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Izoh qoldirish