30.03.2022
Imom Termiziy XITM faoliyati tanishtirildi
Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish Markazi Surxondaryo viloyati boʻlinmasining bir guruh tinglovchilari Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida bo’lishdi.
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, doktor Sh.Umarov markaz va madrasa faoliyati, bu yerda olib borilayotgan ilmiy–tadqiqot ishlar, kelgusida belgilangan rejalar xususida tinglovchilarga atroflicha ma'lumot berib o'tdi.
Izoh qoldirish