07.04.2022

Markaz kitoblari xalqaro ko'rgazmada...

 Yurtimizdagi nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob do‘konlari o‘zlarining ilmiy, ma’rifiy, badiiy va diniy kitoblari bilan ishtirok etayotgan ushbu ko‘rgazma doirasida mamlakatimizdagi diniy ta’lim muassasalari va tadqiqot markazlari uchun ham ochiq osmon ostida ma’naviy‐ma’rifiy va badiiy tadbirlar o‘tkazish imkoniyati taqdim etilgan bo‘lib, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi ham markaz ilmiy xodimlari tomonidan tarjima va nashr etilgan kitoblari bilan ushbu ko'rgazmada ishtirok etmoqda.

Ramazon munosabati bilan ikki kun davomida o‘tkazilishi kutilayotgan ushbu ma’rifiy tadbir doirasida kitoblar taqdimoti, taniqli shaxslar ishtirokida yoshlarni ilm-ma’rifatga da’vat etadigan suhbatlar, shuningdek kitobxonlar o‘rtasida sovrinli tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, tadbir tafsilotlarini sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring!

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish