07.04.2022

“Kitob – kamolot kaliti” ilmiy‐ma’rifiy kitoblar ko‘rgazmasi davom etmoqda

 

Xabar berganimizdek, O'zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan  Hazrati Imom majmuasi maydonida, ochiq osmon ostida o'tkazilayotgan “Kitob – kamolot kaliti” ilmiy‐ma’rifiy kitoblar ko‘rgazmasi va savdosi qizg'in pallaga kirdi.

Dastlab, tadbir boshida Qur’on tilovat qilingach, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov kirish so'zi bilan tadbirni boshlab berdi.

Shuningdek, tadbir davomida yurtimizning taniqli ulamolari ham nutq so'zlab, bugungi ilmiy-ma'rifiy kitoblar ko'rgazmasi yurtimizning barcha ziyo maskanlarini ilk bor bir joyda jamlab, ma'rifat tarqatoytganligini e'tirof etib o'tishdi.

Shundan so'ng, ochiq osmon ostida tashkil etilgan keng ko'lamli ko'rgazma yurtimiz va xorijdan kelgan mehmonlar va tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.

Tadbir davomida muborak Ramazon oyiga bag'ishlangan sahna ko'rinishi va badiiy chiqish ham ishtirokchilarga manzur bo'lmoqda...

Tafsilotlarni biz bilan kuzatib boring!

Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati

Izoh qoldirish