07.04.2022

Markaz kitoblari xalqaro hamjamiyat e'tiborida

 O‘nlab nashriyot va bosmaxonalar hamda diniy-ma’rifiy markazlar bugungi  ilmiy-ma’rifiy kitoblar ko‘rgazmasida o‘z nashrlarini namoyish etishmoqda.

Imom Termiziy  xalqaro ilmiy-tadqiqot    markazi ilmiy xodimlari tomonidan tarjima va nashr etilgan kitoblar ham nafaqat yurtimiz, qolaversa, xorijiy mehmonlar e’tiborini tortmoqda.

Jumladan, Malayziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Xendi Assan janoblari Markaz nashrlariga alohida qiziqish bildirib, qisqa davr mobaynida erishilgan yutuqlardan mamnunligini bildirdi.

Bevosita muloqot chog‘ida elchi janoblari kelgusida   Imom Termiziy XITM bilan keng ko'lamdagi hamkorlik aloqalarining o'rnatilishidan manfaatdor bo'lishini,  bu esa, Malayziya va O'zbekiston o'rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikdagi muhim qadamlardan  bo'lishini ta'kidladi.

Izoh qoldirish