08.04.2022

KITOBXONLIK MADANIYATINI OSHIRISHGA OID TADBIR TASHKIL ETILDI

Kitob – zamonlar to'lqinida suzuvchi, o'zidagi ma'nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab etkazuvchi tafakkur kemasidir. Uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga ro'shnolik kiritib, ezgu tuyg'ularni uyg'otmoqqa qodir. Shu bois so'nggi yillarda mamlakatimizda kitob mutolaasi va targ'iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, yurtimizning barcha hududlarida aholi orasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish, kitoblar sonini emas, kitobxonlar salmog'ini oshirishga asosiy e'tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 8 aprel sanasida Imom Termiziy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Kitobxonlik” tadbiri uyushtirildi.

Tadbirda talabalar o’rtasida badiiy adabiyotlardan foydalangan holda musobaqa tashkil etildi. Ushbu bellashuvda faol qatnashgan talabalar faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan taqdirlanildi. 

 

 


 

Izoh qoldirish