Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va tashqi investitsion faoliyat boʻyicha mutaxassis, notiq, tadbirkor Muhammadali Eshonqulov bilan ilmiy suhbat...
Joriy yilning 13 aprel kuni Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va tashqi investitsion faoliyat boʻyicha mutaxassis, notiq, tadbirkor, Yuksalish liderlar akademiyasi, Biznes kvadrat, Patronlar ligasi klubi asoschisi Muhammadali Eshonqulov “Yuksalish” liderlar akademiyasining Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi filialini ochib berish maqsadida tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida M.Esjonqulov Imom Termiziy o’rta maxsus islom ta’lim muassasida ham kelganligi barcha ilm ahlini quvontirdi.
Tashrif chog’ida M.Eshonqulov, avvalo, ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishdi. Shundan so’ng majlislar zalida “Har bir voqeaning hikmati bor” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbatda ta’lim muassasasining barcha pedagog xodimlari hamda talabalari, Imom Termiziy XITM xodimlari va xalq ichida ilmga rag’bati borlar ishtirok etishdi.
Notiq muvaffaqiyatga erishish sirlari haqida alohida to’xtalib o’tdi.
“Yoshligimizda maktabda bir voqea bo‘lgan. Bir to‘polonchi do‘stimiz bo‘lar edi. Doim shovqin bo‘lsa kaltak shuning boshida sinar edi. Bir kuni bir o‘qituvchimiz kelib, nohaqdan hammaning oldida kaltaklab, ancha izza qildi. O‘tish davrida edik, o‘sha do‘stimiz o‘zining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi, palonchi ustoz, hali janozamga kelib o‘ligimning ustida yig‘laysiz, deb xat yozdi. Xudoning inoyati bilan o‘sha yigit bir o‘limdan qolib, yashab ketdi. Eng qizig‘i, o‘sha yigit menman! O‘shanda tushunganman o‘qituvchining naqadar kuchga ega ekanligini, yo birovning hayotiga nuqta qo‘yishi mumkin, yo kimnidir hayotga qaytarib qolishi mumkin. Agar nasib qilsa, men kareramning birinchi besh yilini o‘qituvchilik bilan boshlayman, faqat birovning hayotiga nuqta qo‘yadigan emas, ko‘pchilikni, ruhan o‘lib qolgan odamlarni hayotga qaytaradigan o‘qituvchi bo‘laman, deb niyat qilgan edik. Qisqa muddatda, Allohga shukrki, O‘zbekiston bo‘yicha 10 mingdan ziyod shogird chiqardik. Agar o‘z kasbingizning mutaxassisi bo‘lsangiz, odamlar sizning ortingizdan quvlaydi, juda ko‘p qo‘mitalarga, katta-katta tashkilotlarga, hokimlarga dars berdik.”-deya ta’kidladi u o’z nutqida.
Suhbat yakunida tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Shuning bilan birgalikda ushbu ilmiy suhbatni asoschisi bo’lmish M.Eshonqulovga ta’lim muassasasining tashakkurnomasi va Markaz tomonidan nashr etilgan kitoblardan hadya qilindi.
Izoh qoldirish