“Kitobxonlik haftaligi” doirasida onlayn va offlayn ilmiy-ma'rifiy tadbir va termiziy allomalar asarlari ko'rgazmasi bo’lib o’tdi
Ma’lumki, joriy yilning 18-23 aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi “Kitobsevar millat shiori” ostida tashkil etilayotgan II Respublika “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirib bormoqda.
Shu munosabat bilan 21 aprel sanasida Imom Termiziy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasining majlislar zalida Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat axborot-kutubxona markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi va Imom Termiziy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Al-Hakim at-Termiziy buyuk alloma” mavzusida (onlayn va offlayn) ilmiy-ma'rifiy tadbiri va termiziy allomalar asarlari ko'rgazmasi bo’lib o’tdi.
Ilmiy-ma'rifiy tadbirda Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat axborot-kutubxona markazi va Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi xodimlari hamda Imom Termiziy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabalari ishtirok etishdi.
Ushbu onlayn va offlayn shaklda bo’lib o’tgan ilmiy-ma’rifiy suhbatda Imom Termiziy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi direktori Shukurillo Umarov, Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi Jo’rabek Cho’tmatov, Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimi Olimjon Jo'rayevlar nutq so’zladi.
Ta’lim muassasasi direktori Sh.Umarov o’z nutqida, “Buyuk Termiziylarning avlodi bo‘lish har birimizning zimmamizga ulkan mas’uliyatni yuklar ekan, jamiyatimizning har bir a’zosi, ayniqsa yoshlarimiz ularga munosib avlod, ilm-ma’rifat nurini taratguvchi mayoq bo‘lishlari ham qarz, ham farzdir’ deya alohida ta’kidlab o’tdi.
Izoh qoldirish