26.10.2022

“OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TARG'IBOT TADBIRLARI TASHKIL ETILMOQDA”

Joriy yil 26-oktabr kuni Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida
"Ekstremistik va terroristik xatti-harakatlarning huquqiy va salbiy oqibatlari" mavzusida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.  

Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi İlmiy tadqiqot bo'limi boshlig'i, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Muzaffarxon Joniyev so'zga chiqib maʼnaviyati yuksak, islom dinining tinchlik dini ekanligi, mutaassib oqimlarning g'arazli maqsadlari hamda shaxsning mustahkam eʼtiqodi va milliy qadriyatlarini mahkam tutgan xalqni hech bir kuch yenga olmasligi, yoshlar ko‘p kitob mutolaa qilishi kerakligi, ilmli inson hech qachon kam bo'lmasligi taʼkidlanib, talabalarni atrofimizda kechayotgan jarayonlarga loqayd va beeʼtibor bo'lmaslikka chaqirdi.

Tadbir davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar oldilar.

Izoh qoldirish