02.11.2022

Jaholotga qarshi ma'rifat bilan

Joriy yilning IV choragida talaba-yoshlarning ilg‘or g‘oya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini hal qilish hamda talaba-yoshlar o‘rtasida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Umarov ham ishtirok etib, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish, bugungi globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlar va ularga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha atroflicha so‘z yuritildi, hayotiy misollar keltirildi. Internet tarmog‘i orqali diniy ekstremistik g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” targ‘ibotchilari yoshlarimiz ongiga o‘zlarining g‘oyalarini singdirishga urinayotganliklari, soha mutaxassislari bu kabi salbiy tahdidlarning oldini olish, ularga qarshi maʼrifat bilan kurashish to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shu bilan birgalikda, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirilda hamda Markaz tomonidan nashr etilgan “Buyuk Termiziylar” risolasi, Imom Termiziyning “Sunan" asarining o'zbekcha sharhi kitoblarining taqdimoti ham bo'lib o'tdi. 

 

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish