Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida yangi o’quv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.
Tadqiqot markazida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag’ishlangan “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu shiorni o’zida mujassam etgan “Mustaqillik darsi”da Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Umarov bu yil ushbu markazning talabasi bo’lishdek baxtga erishgan o’quvchilarni samimiy qutladi.
http://t.me/Imom_Termiziy
Shuningdek, istiqlol yillarida qo’lga kiritilayotgan yutuqlar, mustaqillik bergan imkoniyatlarning ahamiyati jumladan, Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining faoliyati haqida o’quvchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.
http://t.me/Imom_Termiziy
Dars jarayonida ilm odoblari, ilm olish va uning fazilatlari haqida ham so’z yuritilib, bu yo’lning nafaqat mashaqqatli balki sharafli yo’l ekanligi ham ta’kidlandi va atroflicha tushunchalar berildi.
Izoh qoldirish