09.02.2023

"Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Termiz davlat pedagogika instituti talaba yoshlari ishtirokida "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda mavzu yuzasidan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi M.Normurodov, viloyat IIB TQX TQKB masʼul xodimi I.Suyunov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hududiy boshqarmasi Termiz shahri bo‘yicha masʼul xodimi F.Abdumannotov hamda institut masʼullari tomonidan maʼruza qilindi.

Davra suhbatida maʼruzachilar hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning turli joylarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotganligi shuningdek,  fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etishi xususida fikr bildirishdi.

Yakunda talabalar berilgan savollariga batafsil javoblar olishdi.

 

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish