MARKAZNING HAMKORLARI SONI YANA BITTAGA KO‘PAYDI
Bugun O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi rahbari Qobiljon Sobirov hamda yurtimizda ta’lim olayotgan turli oliy o‘quv yurti talabalari va SHHT markazining xodimlari Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif mobaynida mehmonlarga Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori v.v.b., tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Muzaffarxon Joniyev Markazda olib borilayotgan ilmiy faoliyat natijalari, ilmiy xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan tarjima, tahqiq va sharh yo‘nalishidagi nashr ishlari haqida ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng, mehmonlar Markaz tomonidan nashr etilgan kitoblar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishishdi.
Tadbir yakunida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi oʻrtasida oʻzaro hamkorlikka oid anglashuv memorandumi imzolandi.
Ochiqlik va oʻzaro hurmat ruhida oʻtgan muzokaralar natijasida imzolangan Memorandum ikki markaz oʻrtasida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot markazi tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro doʻstona muhit va sharoitni yaratish hamda qoʻshma tadqiqot dasturlari, konferensiya va seminarlar tashkil etish kabi yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi rahbari Qobiljon Sobirovga Markaz tomonidan nashr etilgan kitoblar toʻplami sovgʻa qilindi.
Izoh qoldirish