17.02.2022

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va IRCICA o'rtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ZOOM orqali onlayn seminar tashkil etildi.

Islom tarixi, san'ati va madaniyatini tadqiq qilish IRCICA tashkiloti  “Ilmiy tadqiqotlar va nashrlar” bo'lim boshlig'i, tarix fanlari doktori, professor, Ashirbek Mo'minov ishtirok etgan seminarda joriy yilda Imom Termiziy XITM ilmiy xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan muhim masalalar ko'rib chiqildi.

Jumladan, “Termiziy olimlarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya o‘tkazish, Imom Termiziy qalamiga mansub “Sunani Termiziy” asarining ko‘p jildli sharhi taqdimotini xorijdagi turdosh tashkilotlarda o‘tkazish, Turkiya kutubxonalari va qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan termiziy allomalar asarlarini o‘rganish va katalogini yaratish kabi muhim masalalar ko'rib chiqilib, mas'ullarga kerakli vazifalar topshirildi.

Seminar davomida professor, Ashirbek Mo'minov ilmiy-tadqiqot jarayonidagi ba’zi dolzarb masalalar xususida to’xtalib, yuqorida belgilab olingan vazifalar ijrosini ta'minlash borasida muhim maslahatlar berib o’tdi.

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish