21.08.2021

Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan umumxalq obodonlashtirish xayriya hasharlari amalga oshirilmoqda

  Hashar - xalqimizning azaliy ezgu qadriyatlaridan biri. U odamlarni bir-biriga yanada yaqinlashtiradi, jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, saxovat, muruvvat, mehnatsevarlik muhitini tobora mustahkamlaydi.

  Bu yilgi istiqlol bayrami arafasida tashkil etilayotgan umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida o‘tkazilmoqda.

 Shu munosabat bilan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Imom Termiziy o‘rta maxsus ta’lim muassasasiga tegishli hududda ilmiy va pedagog xodimlar ishtirokida tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Izoh qoldirish