Bugun Imom Termiziy ilmiy-tatqiqod markaziga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari O‘tkir Hasanboyev va masjidlar bo‘limi boshlig‘i Muzaffar Kamolov tashrif buyurdi.
Bugun Imom Termiziy ilmiy-tatqiqod markaziga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari O‘tkir Hasanboyev va masjidlar bo‘limi boshlig‘i Muzaffar Kamolov tashrif buyurdi. Ushbu tashrif ilmiy-tadqiqot markaz xodimlari va islom ta'lim muassasasi o'qituvchilari, talabalari ishtirokida “Bugungi ijtimoiy jarayonlarda tinchlik va barqarorlikni saqlashda din sohasi vakillarining tutgan o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, davra suhbati davomida, yangi O‘zbekistonda diniy sohada amalga oshirilayotgan isloxotlar, odob-axloq qoidalari va ichki tartib intizomga amal qilish, bugungi kunda amalga oshirilayotgan isloxotlar hamda yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlarga shukr qilish va qadriga yetish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odoblari, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, turli taqiqlangan psixotrop moddalarni istemol qilish xatarlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Izoh qoldirish