05.10.2022

O‘ZBEKISTONDA ILK BOR

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi olim­lari tomonidan buyuk ajdodimiz, Movarounnahrdan yetishib chiqqan dastlabki ulug‘ muhaddis, mufassir, faqih, hadis va tafsir ulamolarining qadri baland imom­laridan biri Abdulhamid Keshiyning mashhur “Musnad” asari ilk bor o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan va dunyoning yetakchi ulamolari tomonidan e’tirof etilgan ushbu tarjima xalqimiz ma’rifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Izoh qoldirish