14.10.2022

“Diniy bag’rikenglikni ta’minlashning asosiy tamoyillari”

Joriy yilning 13 oktyabr kuni Termiz shahrida joylashgan 18-maktabning o’quvchi yoshlariga “Jamiyatda diniy bag’rikenglikni ta’minlashning asosiy tamoyillari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbatda ta’lim muassasasining pedagog xodimlari va o’quvchilar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor o’rinbosari so‘zga chiqib, Sof islom ta’limoti, bag‘rikenglik tarixi, Termiziylar merosi hamda hozirgi kunda yurtimizda olib borilayotgan bag‘rikenglik g‘oyalari hamda diniy islohotlar haqida o’quvchi yoshlarga maruza qildi.

 

Izoh qoldirish